AsosiyJamiyat

Yaqinlari deportatsiya qilinib, Rossiyada qolib ketgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Bolalar Moskva shahridagi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan bo‘lgan.

'Yaqinlari deportatsiya qilinib, Rossiyada qolib ketgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Kecha, 11 fevral kuni, Moskvadagi vaqtinchalik saqlash markazi xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ko‘magida, uch nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan voyaga yetmagan bolalar Vatanga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoi himoya milliy agentligi xabar qildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu bolalardan biri onasi bilan, ikkinchisi esa ota-onasining ishonchnomasi asosida buvisi bilan, uchinchisi ham ishonchnoma asosida opalari bilan birga mehnat muhojiri sifatida Rossiyaga kelgan. 

Bolalarning yaqin qarindoshlari mamlakat hududida bo‘lib turish qoidalarini buzganligi sababli deportatsiya qilingan, bolalar esa Moskva shahridagi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, hududiy "Inson" markazlari xodimlari, ijtimoiy xodim va psixologlardan iborat ishchi guruh tomonidan bolalarning vataniga qaytishini ta’minlash va ularni ota-onalariga topshirish uchun barcha zarur ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

Xorijda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarni qaytarish va ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2025 21:08

    O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi

    Bunday imtiyoz beriladigan toifalar ro‘yxati qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi?

    'O‘zlashtirishiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2025 19:30

    O‘zlashtirishiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi

    Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

    'Prezident Rossiya Davlat dumasi raisini qabul qildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2025 18:52

    Prezident Rossiya Davlat dumasi raisini qabul qildi

    O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlik kengayishini qo‘llab-quvvatladi.

    'UzAuto Motors karib 82 million so‘mga 4 dona rakovina sotib oldi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2025 12:08

    UzAuto Motors karib 82 million so‘mga 4 dona rakovina sotib oldi

    Kompaniya har bir rakovina uchun 20 million 274 ming so‘m to‘lagan.

    'O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat 25 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2025 11:29

    'Toshkentda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlardan 1 kunda 11 mln so‘mdan ortiq jarima undirildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2025 11:02

    Toshkentda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlardan 1 kunda 11 mln so‘mdan ortiq jarima undirildi

    Bir kunda chiqindi tashlash bilan bog‘liq 16 ta huquqbuzarlik aniqlangan, reydlar davom etmoqda.