AsosiyJamiyat

Sirdaryodagi maktabda o‘quvchining onasi o‘qituvchini kaltakladi

Hodisa vazirlik nazoratiga olindi.

'Sirdaryodagi maktabda o‘quvchining onasi o‘qituvchini kaltakladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda o‘qituvchini urayotgan ayol videosi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Videoga berilgan izohga ko‘ra, o‘qituvchi o‘quvchini dars tayyorlab kelmagani uchun urishgan. Bunga javoban o‘quvchining onasi mautabga kelib o‘qituvchini o‘quvchilar oldida  haqorat qilgan va urgan.

Aniqlanishicha voqea Sirdaryo tumanidagi 1-sonli maktabda yuz bergan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, holat vazirlik tomonidan nazoratga olingan. Sirdaryo viloyat MMTB ishchi guruhi vaziyatni o‘rganmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra tez orada jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar