AsosiyJamiyat

Dorilarni taglik ichiga berkitib, O‘zbekistonga olib kirayotgan shaxs qo‘lga tushdi

Fuqaro Delidan Toshkentga uchib kelgan.

'Dorilarni taglik ichiga berkitib, O‘zbekistonga olib kirayotgan shaxs qo‘lga tushdi'ning rasmi

“Toshkent Xalqaro Aeroporti" chegara bojxona posti xodimlari tomonidan navbatdagi noqonuniy holatga chek qo‘yildi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 15 fevral sanasida Delidan Toshkentga uchib kelgan hamda yashil yo‘lak orqali harakatlangan fuqaroning yuklari tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, yuklarining orasida bolalar tagligi (pampers) ichiga yashirilgan 303 dona har xil turdagi va nomdagi dori  vositalari borligi aniqlangan. 

Holat yuzasidan kerakli surishtiruv va rasmiylashiirish ishlari olib borilgan. 

    Boshqa yangiliklar