O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini, ularga tenglashtirilgan shaxslarni hamda, 1941–1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarini moddiy rag‘batlantirish haqidagi farmoni imzolandi.
Unga ko‘ra, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 000 (o‘n ming) AQSH dollari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Shuningdek, ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 000 000 (yigirma besh million) so‘m miqdorida;
1941–1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarining har biriga 3 000 000 (uch million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.