AsosiyJamiyat

Sobiq Azon.uz nashri rahbari Mubashshir Ahmad qidiruvga berildi

U diniy ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzishda ayblanmoqda.

'Sobiq Azon.uz nashri rahbari Mubashshir Ahmad qidiruvga berildi'ning rasmi

Bu haqida Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi ma’lum qilgan.

Alisher Ahmadovich Tursunov Jinoyat kodeksining 244 prim 2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bo‘yicha qidiruvga berilgan.

U Mubashshir Ahmad tafallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov avval Azon.uz nashri rahbari bo‘lgan. Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqda diniy masalalarda blogerlik bilan ham shug‘ullangan.

    Boshqa yangiliklar