AsosiyJamiyat

"Anhor" va "Navro‘z" bog‘lari o‘rnida turar joy binolari qurilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga Qurilish vazirligi munosabat berdi.

'"Anhor" va "Navro‘z" bog‘lari o‘rnida turar joy binolari qurilmaydi'ning rasmi

Vazirlik poytaxtdagi ushbu ikki bog‘ hududida turar joy va tijorat binolari qurilishi haqida so‘nggi paytlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi. 

Bog‘larni boshqaruvchi kompaniya ham ular odatiy ish rejimida faoliyat yuritayotganini ma’lum qildi. Faqatgina bog‘ oldidagi "Anhor" savdo markazining egalik huquqi boshqa kompaniyaga o‘tkazilmoqda va u yerda rekonstruksiya ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda. Ammo ushbu savdo markazi kadastr hujjatlariga ko‘ra, bog‘ hududi hisoblanmaydi, u alohida bino.

Bog‘ o‘rnida qurilish qilishi mumkinligi aytilgan kompaniya ham o‘z rasmiy sahifasida bu borada rasmiy izoh berdi.

Unga ko‘ra, loyihani amalga oshirish va ushbu hududda qurilish ishlarini olib borish rejalashtirilmayapti. Internetda tarqalgan tasvirlar 2024 yilda kompaniyani tark etgan sobiq xodimning ichki taqdimotidan olingan.

    Boshqa yangiliklar