AsosiyJamiyat

Samarqandda 19 yoshli talaba o‘zini 9-qavatdan tashladi

Hozirda qizning o‘limi sababi aniqlanmoqda.

'Samarqandda 19 yoshli talaba o‘zini 9-qavatdan tashladi'ning rasmi

Samarqand viloyatida 19 yoshli talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab joniga qasd qildi. Bu haqda  darakchi.uz ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.,

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 fevral kuni soat 17:00 atrofida 2005 yilda tug‘ilgan S.M. Samarqand shahrida joylashgan ko‘p qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonning derazasidan o‘zini pastga tashlab, joniga qasd qilgan.

Hozirda qizning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar