AsosiySiyosat

Pokiston Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Shahboz Sharif 25-26 fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi.

'Pokiston Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif 25-26 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, transport bog‘liqligini kuchaytirish va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yengil va charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, elektrotexnika va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish borasidagi qo‘shma rejalar diqqat markazida bo‘ladi.

Madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit yakunida Qo‘shma deklaratsiya va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida yetakchilar O‘zbekiston-Pokiston qo‘shma biznes forumida ham ishtirok etadilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vazirini qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 24.02.2025 18:14

    Prezident O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vazirini qabul qildi

    Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalardagi sheriklik salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.

    'Baxtiyor Saidov AQSH Davlat kotibi bilan suhbatlashdi'ning rasmi

    Siyosat 21.02.2025 21:17

    Baxtiyor Saidov AQSH Davlat kotibi bilan suhbatlashdi

    Suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama mavzular muhokama qilingan va davlatlar o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish bo‘yicha kelishib olingan.

    'O‘zbekistonda havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yangi bo‘linmalar tashkil etiladi'ning rasmi

    Siyosat 21.02.2025 15:48

    O‘zbekistonda havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yangi bo‘linmalar tashkil etiladi

    Xavfsizlik va mudofaani mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

    'Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Siyosat 21.02.2025 15:04

    Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

    Muloqotda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

    'O‘zbekiston Prezidenti "As-Salom" saroy-muzeyiga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Siyosat 18.02.2025 08:26

    O‘zbekiston Prezidenti "As-Salom" saroy-muzeyiga tashrif buyurdi

    Shavkat Mirziyoyev muzeyning Faxriy mehmonlar kitobida dastxat yozib qoldirdi.

    'Prezident Kuvayt tashqi ishlar vazirini qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 17.02.2025 20:16

    Prezident Kuvayt tashqi ishlar vazirini qabul qildi

    Savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.