AsosiyJamiyat

Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kirilgan 48 kg.dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi

DXX uchta viloyatda aniqlangan holatlarni ma’lum qildi.

'Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kirilgan 48 kg.dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi'ning rasmi

Tojikiston va Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 48 kg.dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi. Bu haqda DXX xabar qilmoqda. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 1984 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs Tojikiston Respublikasidan mamlakatimizga aylanma yo‘llar orqali narkotik moddalarni olib kelib, sotish bilan shug‘ullanayotganligi holati aniqlanib, uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi.

Natijada xonadon yerto‘lasidan 576 gr. “geroin”, 2 kg. 447 gr. “opiy” va 1 kg. 913 gr. “gashish” moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. 

Shuningdek, uning muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, 1956 y.t. otasidan 9 kg. 62 gr. “gashish” moddasi hamda kelib chiqishi noaniq bo‘lgan 137 ming 460 AQSH dollari va 569 mln. 832 ming so‘m olindi.

Bundan tashqari, tezkor tadbir davom ettirilib, uning muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, 1980 y.t. akasi va Uzun tumanida istiqomat qiluvchi, 1987 y.t. jinoiy sherigi ham qo‘lga olinib, jinoiy sherigining uyidan ham kelib chiqishi noaniq bo‘lgan 159 ming 400 AQSH dollari olindi. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Yangiqo‘rg‘on-Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. 

Natijada unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, mazkur tumanda yashovchi, 1999 va 2002 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaroga tegishli sumkalarda jami 19 kg. 915 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ular giyohvandlik vositasini kelgusida sotish maqsadida Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelganliklari ma’lum bo‘ldi.

Andijon viloyatida kuzatilgan holatda esa Marhamat tumanida yashovchi, 1996 y.t., muqaddam sudlangan shaxs “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining mazkur tuman hududidan o‘tuvchi qismiga kelib, avvalroq Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi tomonidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazib berilgan 4 kg. 931 gr. “opiy” va 9 kg. 949 gr. “gashish” moddalarini olib, qaytayotgan vaqtida Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Faxriy donorlarga BHMning 15 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:13

    Faxriy donorlarga BHMning 15 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi

    Shuningdek, faxriy donorlar istagan vaqtda ta’tilga chiqishi, jamoat transportidan tekin foydalanishi va sanatoriylarga navbatsiz yo‘llanma olishi mumkin bo‘ladi.

    'Qobul Do‘sovga sud hukmi e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:02

    Qobul Do‘sovga sud hukmi e’lon qilindi

    Avvalroq sobiq deputatga 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan, so‘ng esa jazoni o‘tash manzil-koloniyaga ko‘chirilgan edi.

    'Bugun O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir va qor yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:15

    Bugun O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir va qor yog‘adi

    Shimoliy hududlarda harorat 3 daraja sovuqqacha pasayadi.

    '"O‘zsuvta'minot" va "Hududiy elektr tarmoqlari" olgan 10 mlrd.dan ortiq summani iste’molchilarga qaytardi'ning rasmi

    Jamiyat 24.02.2025 22:35

    "O‘zsuvta'minot" va "Hududiy elektr tarmoqlari" olgan 10 mlrd.dan ortiq summani iste’molchilarga qaytardi

    Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 200 mingdan ortiq iste’molchiga 50 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.

    'Afg‘onistonda o‘zbeklar qidirayotgan gaz konida tez orada qazish ishlari boshlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 24.02.2025 22:02

    Afg‘onistonda o‘zbeklar qidirayotgan gaz konida tez orada qazish ishlari boshlanadi

    Shu kunlarda Afg‘oniston Bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

    'Namanganda mashina urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 24.02.2025 21:40

    Namanganda mashina urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi

    Yuqori tezlikda harakatlanayotgan mashina oldiga qiz yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib chiqib qolgan.