AsosiyDunyo

Putin AQSHga Rossiyadagi nodir metallarni qazib olishni taklif qildi

Shuningdek, Putin AQSHga ikki million tonna alyuminiy yetkazib berishga tayyorligini aytdi.

'Putin AQSHga Rossiyadagi nodir metallarni qazib olishni taklif qildi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z mamlakatidagi nodir yer metallarini qazib olish bo‘yicha AQSH bilan hamkorlik qilmoqchi. U ikki mamlakat birgalikda alyuminiy ishlab chiqarishi mumkinligini ham aytdi. Bu haqda Kreml xabar berdi.

Biz Amerika kompaniyalar bilan ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilish haqida o‘ylashimiz mumkin. Masalan, Krasnoyarsk o‘lkasida sovet davrida yangi gidroelektr stansiyasi qurish va qo‘shimcha alyuminiy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish rejalari mavjud edi, dedi Putin.

U bu loyiha “investitsion salohiyatga ega” bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, u bugungi narxlarda taxminan 15 milliard dollarga baholanadi yoki baholanishi mumkin. Lekin biz bu haqda o‘ylab ko‘rishimiz kerak, deya ta’kidladi Rossiya rahbari.

Rossiya hududidagi nodir yer metallari haqida gapirar ekan, Putin bugungi kunda mamlakat ularni o‘zlashtirish uchun yetarlicha ish qilmayotganini aytdi.

Nodir yer metallari — zamonaviy iqtisodiyot tarmoqlari uchun juda muhim komponent, g‘oyat muhim resurslardir. Biz hozircha bu yo‘nalishda kam ish qilyapmiz. Ko‘proq qilishimiz kerak, dedi u.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyada Vashington manfaatdor bo‘lgan resurslar, jumladan, nodir metallar borligini aytgan edi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yerosti metallarini qazib olishga xorijiy hamkorlarni, jumladan, AQSHni ham jalb qilishga tayyor. U Rossiyada bunday elementlar Ukrainadagiga qaraganda ancha ko‘pligini ta’kidladi. Shuningdek, Putin AQSHga ikki million tonna alyuminiy yetkazib berishga tayyorligini aytdi.

Rossiya prezidenti bunday choralar “narxlarni barqarorlashtirishi”ni qayd etdi. Rossiyalik siyosatchining fikricha, Vashington va Moskva Krasnoyarsk o‘lkasida alyuminiy qazib olish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishga tushirishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar