O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bugun rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
Martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan.
Qisqa suhbatdan so‘ng, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif tashrif dasturiga muvofiq “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘ldi va Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Mehmonga majmuaning me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Majmua Pokiston delegatsiyasida chuqur taassurot qoldirdi.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan martabali mehmonlarning Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan barpo etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan.