AsosiyJamiyat

Endi ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

Ona tili va adabiyoti hamda davlat tilidan yakuniy davlat attestatsiyasi yozma shaklda o‘tkaziladi.

'Endi ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi'ning rasmi

O‘zbekistonda endi ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi. Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xabar berdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025 yil 20 fevraldagi 65-sonli buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazish tartibi belgilandi. Mazkur hujjatga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari, umumta’lim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 9-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

  • ona tili va adabiyoti (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan — yozma;
  • davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun) fanidan — yozma;
  • matematika fanidan — yozma;
  • O‘zbekiston tarixi fanidan — yozma/og‘zaki;
  • jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda o‘tkaziladi.

11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

  • ona tili va adabiyoti (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan — yozma;
  • davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun)dan — yozma;
  • matematika (asosiy) / matematika (chuqurlashtirilgan) fanidan — yozma;
  • tarix fanidan — yozma;

O‘quvchining tanlovi bo‘yicha:

  • ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirg‘iz tilida ta’lim bo‘lgan sinflar uchun), biologiya, fizika, kimyo, davlat huquq asoslari, geografiya fanlaridan — yozma;
  • chet tili fanidan yozma/og‘zaki shaklda o‘tkaziladi.

2025 yilidan boshlab ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2025 22:54

    ''ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2025 21:26

    ''ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2025 21:03

    ''ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2025 20:29

    ''ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2025 19:38

    ''ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2025 18:58