AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda ID-karta, xorijga chiqish pasporti va boshqa hujjatlar uchun "chiroyli" raqamlar sotish boshlanadi

Ichki ishlar vazirligi xorijga chiqish pasporti, ID-karta va haydovchilik guvohnomasidagi raqamlarning istalgan kombinatsiyasini pullik asosda tanlash xizmatini muhokamaga qo‘ydi.

'O‘zbekistonda ID-karta, xorijga chiqish pasporti va boshqa hujjatlar uchun "chiroyli" raqamlar sotish boshlanadi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi hujjatlar uchun raqamlarni pullik asosda tanlash imkoniyatini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.

Tashabbus ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasporti (zagranpasport), haydovchilik guvohnomasi va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma kabi hujjatlarga taalluqli.

Hujjatda ta’kidlanganidek, bu fuqarolar o‘rtasida ushbu hujjatlarni istalgan raqamlar kombinatsiyasi bilan olishga bo‘lgan talab tobora ortib borayotgani bilan bog‘liq.

Kombinatsiyalashgan raqamlarni sotish vakolatli organ - IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida axborot tizimi orqali tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Raqamlarni tanlash va sotib olish onlayn tarzda amalga oshirilishi taklif etiladi, bunda raqamlar seriyasi sotuv jarayonida ishtirok etmaydi.

Loyiha muhokamasi 8 martga qadar davom etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:29

    Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.

    'O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:32

    O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi

    Yangi nizom retsipient va donorlarni tekshirish, xulosa berish hamda transplantatsiya jarayonini amalga oshirish qoidalarini aniq belgilaydi.

    'Migrantlar yuborgan pullar asosan kundalik ehtiyoj va kreditlarga sarflanmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:28

    Migrantlar yuborgan pullar asosan kundalik ehtiyoj va kreditlarga sarflanmoqda

    Joriy yil 10 oyida O‘zbekistonga 15,8 mlrd dollar pul o‘tkazmalari kirib keldi — o‘tgan yilga nisbatan 25 foiz ko‘p.

    'Hayvonlar uchun davlatlarimiz o'rtasida chegaralar yo'q - Qozog'iston ekologiya vaziri'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:09

    Hayvonlar uchun davlatlarimiz o'rtasida chegaralar yo'q - Qozog'iston ekologiya vaziri

    Samarqandda yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvon va oʻsimliklar bilan xalqaro savdoni tartibga soluvchi eng yirik platforma — CITES CoP20 konferensiyasi boshlandi.

    'Qurilish tashkilotlari havo muhofazasi talablariga qat'iy rioya etishi ogohlantirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Qurilish tashkilotlari havo muhofazasi talablariga qat'iy rioya etishi ogohlantirildi

    Ekologiya qoʻmitasi qurilish maydonlarida chang tarqalishiga qarshi choralar bajarmasa, faoliyat toʻxtatilishi mumkinligini bildirdi.

    'ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi'ning rasmi

    Jamiyat 23.11.2025 21:06

    ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi

    Agar servis foydalanuvchi 18 yoshga to'lmaganiga shubha qilsa, undan shaxsiy ma'lumotlarni pasport orqali tasdiqlashni so'raydi.