AsosiyJamiyat

Taniqli yozuvchi Shodmon Otabek vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi 79 yoshda edi.

'Taniqli yozuvchi Shodmon Otabek vafot etdi'ning rasmi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi azosi, tarjimon va yozuvchi Shodmon Otabek 79 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi, deya xabar bermoqda uyushma matbuot xizmati.

Shodmon Otabek 1946 yili Andijon viloyatining Shirmonbuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1969 yili hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetni bitirgan. Respublika radiosida, O‘zbekiston Milliy kinokompaniyasida, Toshkent davlat madaniyat institutida, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida ishlagan. 1992 yildan 2003 yilgacha «Xabar» gazetasida bosh muharrir bo‘lgan.

Turli yillarda yozuvchining «Mirzakalon Ismoiliy» (1978), «Yaproqdagi nur» (1979), «Odamiylik sinovlari» (1986), «Eng baxtli kun», «Qorbo‘ron», (1988, 2009), «Shaxmat abadiydir» (1990), «Shirmonbuloq oqshomlari» (1995) kabi kitoblari, shuningdek, «Yaxshi kunlarda ko‘rishaylik», «Birkam dunyo» qissalari chop etilgan. Adib atoqli yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy haqidagi ilmiy izlanishlarini davom ettirib, 2010 yili «Mirzakalon Ismoiliy saboqlari» degan kitobini nashr ettirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Soliq qarzini “hal qilib berish” uchun pul so‘ragan inspektor ushlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:20

    Soliq qarzini “hal qilib berish” uchun pul so‘ragan inspektor ushlandi.

    Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida soliq qarzdorligini uzaytirib berishni va’da qilgan bosh inspektor tezkor tadbirda qo‘lga olindi.

    '40 yoshdan keyin qancha ayol ona bo‘ldi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:17

    40 yoshdan keyin qancha ayol ona bo‘ldi?

    2025 yilda Oʻzbekistonda jami 879,6 mingga yaqin tirik tugʻilish qayd etildi.

    'Toshkentda reklama bannerlari demontaj qilinmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:18

    Toshkentda reklama bannerlari demontaj qilinmoqda

    Yangi dizayn-kod joriy etilishi fonida poytaxtda eski reklama bannerlarini olib tashlash ishlari kuchaygan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 15.03.2026 16:11

    '"Mana shunaqa farosatdan qisganlar ham kelib qolyapti lavozimlarga!"'ning rasmi

    Jamiyat 15.03.2026 14:45

    "Mana shunaqa farosatdan qisganlar ham kelib qolyapti lavozimlarga!"

    Rasul Kusherbayev Karmana tumani hokimi o‘qituvchilarni 1 soat turgizib qo‘yib, majlis o‘tgan holat haqida gapirdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 15.03.2026 13:30