AsosiyDunyo

OAV: O`g`il farzand ko`rishni orzu qilgan xitoylik ayol 4 qizini pichoqlab o`ldirdi

Xitoyning Guandun provinsiyasida yashovchi o`g`il farzand ko`shrishni orzu qilgan ayol depressiya holatida o`zining to`rt nafar voyagan etmagan qizlarini pichoqlab o`ldirdi, qizlaridan biriga pichoq bilan jarohat etkazdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Hodisa Chjanszyan shahar okrugidagi qishloqlardan birida yuz berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Chjou familiyali 31 yoshli ayol noyabr oyida qiz farzand ko`rgan. Bu qizcha oiladagi beshinchi qiz farzand edi. Chjou va uning turmush o`rtog`i o`g`il farzand ko`rishni orzu qilardi, biroq ularning oilasida ketma-ket qizlar dunyoga keldi. Beshinchi marotaba ham qiz farzand ko`rgan ayol qattiq tushkunlikka tushib qoldi. O`tgan juma kuni u oshxona pichog`ini oldi va o`z qizlariga tashlandi. Qizlarining kattasi 7,5 yoshda edi. Qizchalar zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan, biroq ularning hayotini saqlab qolishning imkoni bo`lmagan. 

Qo`shnilar polisiyaga xabar bergani aytilmoqda. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar