O‘zgidromet xabariga ko‘ra, kecha kunduzi va o‘tgan kechasi O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi boshlandi.
Ushbu havo massalarining kirib kelishi bugun ham davom etadi.
Bugun 3 mart kuni hududning katta qismida qor yog‘ishi davom etadi va havo harorati 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qor yog‘ishi to‘xtaydi.
4 martda O‘zbekistonning barcha viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab hali ham sovuq antisiklon ta’siri saqlanib turadi, harorat 2-7 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduzi antisiklon respublika hududidan asta-sekin chekina boshlaydi. Harorat 4-7 daraja iliqqacha ko‘tariladi, ammo bu mart oyi boshi uchun me’yordan nisbatan pastdir.
Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
5-6 mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
7 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda (Farg‘ona vodiysidan tashqari) yana yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
Faqat O‘zbekistonning shimolida – Ustyurtda va Orol bo‘yi hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Hafta o‘rtasidan harorat jadal ko‘tarila boshlaydi va
6-7 mart kunlariga kelib, kechalari 5-8 daraja iliqni, kunduz kunlari 14-17 daraja iliqni, janubda 20-22 daraja iliqqachani tashkil etadi.
3 mart va 7 mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda: 3 martda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Harorat 0-2 daraja sovuq bo‘ladi.
4-6 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 martda kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 4 martda kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi. 5-7 martda harorat kechalari 4-7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 14-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi.