Prezident farmoniga ko‘ra, quyidagi bir guruh ayollar mukofotlandi.
«Do‘stlik» ordeni bilan
Abilova Aygul Tursunovna - Konimex tumani obodonlashtirish boshqarmasi farroshi, Navoiy viloyati
Gaziyeva Lyubov Borisovna - «O‘zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat muassasasi bo‘lim mutaxassisi
Gaibnazarova Nodira Baxodirjanovna - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri
Jamolova Dilnoza Muyidinovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining o‘rinbosari
Kozixonova Orzigul Muydinovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi
Kunnazarova Bibisara Kalmuratovna - «Hunarmand» uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi a’zosi, o‘tov jihozlari to‘quvchisi
Mamadiyarova Nasibali Ablakulovna - Bulung‘ur tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Samarqand viloyati
Mambetniyazova Gulzar Sherniyazovna - Chimboy tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Minayeva Gulnara Akramovna - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘zvagonta’mir» aksiyadorlik jamiyati Samarqand vagon deposi sex katta ustasi, Samarqand viloyati
Mirzayeva Xabiba Babayevna - Oqoltin tumanidagi «Oltin meros» folklor ansambli a’zosi, «E’zozli ayollar» sport to‘garagi rahbari, Sirdaryo viloyati
Musurmanova Aynisa - O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktorining o‘rinbosari
Rabotneva Larisa Aleksandrovna - «Uzbekistan Airways Technics» mas’uliyati cheklangan jamiyatining g‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlar sifatini ta’minlash xizmati muhandisi
Salixova Mavlida Nazrullayevna - Buxoro viloyati «Oydin Nur» oilani ijtimoiy himoyalash markazi eksperti
Sultonova Xubon Toyirovna - Buxoro tumanidagi «Qavola Mahmud» mahalla fuqarolar yig‘inining «Oqila ayollar» harakati yetakchisi, Buxoro viloyati
Tojibayeva Sanobarxon Uktamovna - Chust tumanidagi «Chust O‘ktamjon servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
Tursunkulova Djamilya Shamsiyevna - «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining zoldir prokatlash bo‘linmasi kran mashinisti, Toshkent viloyati
Shomuratova Oygul Jabborovna - Termiz tumani obodonlashtirish boshqarmasi gul yetishtiruvchisi, Surxondaryo viloyati
Elboyeva Klara Cho‘liyevna - Nishon tumanidagi «Nishon qorako‘lchilik» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Qashqadaryo viloyati
Yuldashova Mehri Artiqovna - Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Adxamjonova Mavludaxon Xamzayevna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi
Axmedova Soraxon Tolipjanovna - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining ma’muriy huquq kafedrasi professori
Kamolova Istat Shukurovna - G‘ijduvon tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Buxoro viloyati
Negmatova Xalima Utabovna - Jizzax shahar hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati
Saidova Dilfuza Eshkulovna - Jizzax shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Jizzax viloyati
Soliyeva Uktamxon Qozoqovna - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, shoira, Farg‘ona viloyati
Sultanova Dilshoda Namazovna - Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining san’at kafedrasi professori, Samarqand viloyati
Tojibayeva Nargiza Keldibekovna - Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i
Xilvatullayeva Zaripa Abdunazarovna - Piskent tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Toshkent viloyati
Xusenova Nasiba Ismatovna -Karmana tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Navoiy viloyati
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Abduraxmanova Faridaxon Nasirdinovna - Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining anesteziolog-reanimatologi
Lyaksheva Galina Petrovna - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-Markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi hudud hamshirasi
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Allayarova Dilfuza Mirjalilovna - Yuqori Chirchiq tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili fani o‘qituvchisi, marafon yuguruvchisi, Toshkent viloyati
Ismoilova Dildora O‘ktamovna - Qo‘shko‘pir tumanidagi «Sherzodbek shifo klinikasi» oilaviy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati
Polvonova Luftiniso Bobosharifovna - Rishton tumanidagi «Cho‘ng‘ara Zilol» oilaviy shifokorlik punkti doyasi, Farg‘ona viloyati
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Tursunova Navbaxor Eshmurodovna - Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudining raisi, Samarqand viloyati
Xayitova Sayyora Nomozboyevna - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Yakkasaroy tumani qo‘riqlash bo‘limi guruh komandiri, Toshkent shahri
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Yoqubjonova Shaxnoza To‘lqinjon qizi - Gnesin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi magistranti
Fayzullayeva Madina Xikmatillayevna - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
«Shuhrat» medali bilan
Abduvaliyeva Sanobar Sultonovna - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Angren kon boshqarmasi «Ko‘chbuloq» shaxtasi kompressor qurilmalari mashinisti, Toshkent viloyati
Abdullayeva Ozoda Safibullayevna - Namangan muhandislik-qurilish institutining sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani, Namangan viloyati
Abdusalamova Farog‘at Sunnatulla qizi - O‘zbekiston davlat simfonik orkestri xor jamoasi rahbari
Azizova Gulbaxor Nazrullayevna - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Bahor Deco» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
Aitbayeva Zamira Joldashovna - Nukus shahridagi «Nauqan bag‘» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Akramova Mashxura Zafarjon qizi - Quvasoy shahridagi «Ellycardin Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Farg‘ona viloyati
Aripova Maktuba Kabulovna - Uchtepa tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahri
Bobomurotova Gulrux Umarovna - Nurota tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Navoiy viloyati
Boyeva Fotima Saloxiddinovna - Parkent tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Toshkent viloyati
Dexkanova Nargiza Akbarovna - Andijon shahar hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Andijon viloyati
Yorkulova Marziya Fayziyevna - Paxtachi tumani «Urganji» mahalla fuqarolar yig‘inidagi kutubxona rahbari, Samarqand viloyati
Jo‘rayeva Ozoda Hasanovna - Denov tumanidagi 1-oilaviy bolalar uyi rahbari, Surxondaryo viloyati
Yo‘ldasheva Mahliyo Norpo‘latovna - G‘uzor tumanidagi hunarmand-tikuvchi, Qashqadaryo viloyati
Kamoldinova Mukaramxon Usmanovna - Andijon shahridagi «Auto Rubber» mas’uliyati cheklangan jamiyatining yig‘uv liniyasi ustasi, Andijon viloyati
Karimova Shahnoza Yandashovna - Navoiy shahridagi «Baraka Non Navoiy» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati
Karshibayeva Gulchexra Shodmonkulovna - Boyovut tumanidagi «Bolg‘ali Qilich aka» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati
Komilova Saodat Yusupjonovna - Jizzax shahri telekommunikatsiya bog‘lamasi telegraf elektr montyori, Jizzax viloyati
Qorayeva Dilnavoz Kumakovna - Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati
Qo‘chqorova Barno Ibodullayevna - Yangiariq tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Xorazm viloyati
Mamatqulova Zinnat Mamatqulovna -Yangiobod tumanidagi «Yangiobod agropillasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Jizzax viloyati
Matchonova Muhabbat Madirimovna - Xiva tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi kichik tibbiy xodimi, Xorazm viloyati
Mirzayeva Mexriya Shabobayevna - Vobkent tumanidagi «Sariosiyo» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Buxoro viloyati
Nabiyeva Dilrabo Ibragimovna - Davlatobod tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Namangan viloyati
Ravshanova Farida Fayzullayevna - Jarqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
Ruziyeva Irodabonu Kaxramon qizi - «Navoiyuran» davlat korxonasining Uran ishlab chiqarish zavodi texnologik laboratoriyasi kimyoviy tahlil laboranti, Navoiy viloyati
Yuldasheva Maryam Abduxalimovna - Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
Tojixonova Gavxaroy Axunjanovna - Marhamat tumani «Yangi hayot» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Andijon viloyati
Toshpulatova Qizlarxon Eshboyevna - Sho‘rchi tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, temirchi-usta, Surxondaryo viloyati
Egamberdiyeva Dilfuza Rustamovna - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktorining birinchi o‘rinbosari