AsosiySiyosat

Favqulodda vaziyatlar vaziri nega ishdan olingani ma’lum qilindi

Prezident raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

'Favqulodda vaziyatlar vaziri nega ishdan olingani ma’lum qilindi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Qayd etilishicha, korrupsiyani tag-tomiri bilan quritish uchun avvalo inson omili va qog‘ozbozlikni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Masalan, aholiga yer berish jarayonida fuqarolari hokim va o‘nga yaqin idoralar o‘rtasida sarson bo‘lib yurardi. Umuman, bu soha korrupsiya “o‘chog‘i”ga aylangan edi.

Yerni hokim qarori bilan ajratishdan to‘liq voz kechilib, auksion tizimiga o‘tilgani natijasida bu tizim xalqchil bo‘ldi.

Qurilish sohasi eng korrupsiyalashgan sohalardan biri edi. “Shaffof qurilish” dasturi joriy etilganidan keyin bu yo‘nalishda ham ijobiy o‘zgarishlar sezilmoqda.

Ilgari investitsiya dasturiga kirgan obyektlarni quradigan pudratchilar mingtaga ham yetmasdi. O‘tgan yili 13,5 mingta obyekt qurilishida 4 mingdan ziyod pudratchi ishtirok etdi. Soha raqamlashgani hisobiga o‘tgan 4 yilda 3,6 trillion so‘m budjet mablag‘i tejaldi.

Lekin qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha byurokratiya va qonun buzilish ko‘payib ketgani uchun o‘tgan hafta favqulodda vaziyatlar vaziri va uning o‘rinbosarlari ishdan olindi.

    Boshqa yangiliklar