Kseniya Sobchak ona bo`lgandan keyin Instagram sahifasiga uy sharoitida tushgan suratlarini tez-tez joylashtiradigan bo`ldi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.
Axir endi mashhur yulduz asosiy vaqtini uyda, farzandi bilan o`tkazadi. U bir necha bor kuzatuvchilarga dekret ta`tilida zerikayotganligi haqida ma`lum qilgan edi.
Bu safar Kseniya Sobchak o`z blogerlariga Rublyovkadagi uyini, aniqrog`i onasi Lyudmila Narusovaning uyini namoyish qildi. Kseniya o`g`li tug`ilgandan keyin sershovqin Moskvadan uzoqroqda, toza havoli joyda yashashni ma`qul topdi. Hashamatli, yangi yil chiroqlari bilan bezatilgan uy suratini Kseniya ijtimoiiy tarmoqlardagi kuzatuvchilariga namoyish qildi. Endilikda u nafaqat uyini, balki yaqin qarndoshlarining suratlarini ham o`z sahifasiga joylashtiradigan bo`ldi. Yaqinda Kseniya bolalar aravachasini “talashayotgan” yaqinlarining suratini ham ijtimoiy tarmoqlar kuzatuvchilariga taqdim etdi.