AsosiyJamiyat

Bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilgani haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi.

'Bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilgani haqidagi xabarlar rad etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilibdi” mazmunidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu ma’lumotlar mutlaqo asossiz! Bugungi kunda Toshkent shahrida maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib ketish bo‘yicha hech qanday cheklovlar o‘rnatilmagan.

Aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar odatdagidek davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar