AsosiyDunyo

Xitoyda 125 million yil avval yashagan gigant chayon topildi

Bu tur ilgari hech qachon uchramagan bo‘lib, tadqiqotchilar uni "Jeholia longchengi" deb nomladi.

'Xitoyda 125 million yil avval yashagan gigant chayon topildi'ning rasmi

Xitoyda olimlar tomonidan 125 million yil avval yashagan noyob chayonning toshga aylangan qoldiqlari topildi. Bu tur ilgari hech qachon uchramagan bo‘lib, tadqiqotchilar uni "Jeholia longchengi" deb nomladi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Topilgan chayon o‘zining g‘ayrioddiy yirik hajmi bilan ajralib turadi. Uning uzunligi 10 santimetr bo‘lib, o‘sha davrda yashagan boshqa chayonlardan ancha kattaroq bo‘lgan. Qiyoslash uchun, o‘sha davrning ko‘pchilik chayonlari bundan kamida ikki baravar kichik bo‘lgan.

Tadqiqotchilar ushbu topilmani qadimgi ekotizimni tushunish va chayonlarning evolyutsiyasini o‘rganish uchun muhim deb baholamoqda. Bu kashfiyot nafaqat chayonlarning tarixiy rivojlanishi haqida yangi ma’lumotlar beradi, balki sayyoramizning uzoq o‘tmishidagi hayvonot dunyosi haqida ham qiziqarli sirlarni ochib berishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar