AsosiyJamiyat

Bugun qator hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi kutilmoqda

Respublikada harorat biroz pasayadi.

'Bugun qator hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi kutilmoqda'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Respublika shimolida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Navoiy, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-9° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3° sovuq- 2° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar