Maʼlum qilinishicha, Yangihayot tumanida o‘tkazilgan operatsiyada ikki nafar shaxs ushlanib, ulardan 500 dona kuchli taʼsir qiluvchi dorilar topilgan. Keyinchalik ushbu shaxslarga aloqador yana bir tarqatuvchi ham qo‘lga olinib, uning yonidan ham 500 dona shunday vositalar aniqlangan.
Tergov davomida dori vositalarining manbasi aniqlanib, Ohangaron shahridagi xonadonda tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh qilingan. U yerdan 9 kg “Pregabalin”, 500 gramm “Tropikamid”, shuningdek, 600 dona tayyor mahsulot va qadoqlash anjomlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






