AsosiyDunyo

Janubiy Koreya sudi Prezident Yunni hibsga olish orderini bekor qildi

Yun Sok Yol yanvar oyida qisqa muddatga harbiy holat joriy qilgani va isyonchilik qo‘zg‘atish ayblovlari bilan hibsga olingan edi.

'Janubiy Koreya sudi Prezident Yunni hibsga olish orderini bekor qildi'ning rasmi

Janubiy Koreya sudi juma kuni impichmentga uchragan Prezident Yun Sok Yolning hibsga olish orderini bekor qildi.  Bu esa uning qamoqdan ozod etilishiga yo‘l ochadi. U yanvar oyining o‘rtalarida qisqa muddatga harbiy holat joriy qilgani va isyonchilik qo‘zg‘atish ayblovlari bilan hibsga olingan edi, deb xabar beradi Yonhap axborot agentligi.

Seul markaziy okrug sudi vakili darhol izoh berishni istamadi. «Janubiy Koreyada qonun ustuvorligi hali ham mavjud», — dedi Yunning huquqiy maslahatchisi, YTN telekanaliga ko‘ra.

Yunning darhol ozod qilinishi va qamoqdan tashqarida sud jarayonida qatnashishi kutilmoqda, deb yozadi mahalliy OAV. Yunning advokatlari 19 yanvar kuni chiqarilgan hibsga olish orderi haqiqiy emasligini ta’kidlab, prokurorlar tomonidan berilgan so‘rov jarayonlarda xatolikka yo‘l qo‘yilganini bildirgan edilar.

Yun 3 dekabrda «antidavlat» unsurlarini yo‘q qilish maqsadida harbiy holat e’lon qilganini aytgan, ammo parlament uni rad etganidan keyin olti soat ichida bu qarorni bekor qilgan. U hech qachon to‘liq favqulodda harbiy hokimiyat o‘rnatishni maqsad qilmaganini bildirgan.

Bir necha hafta o‘tib, muxolifat yetakchiligidagi parlament uni konstitutsiyaviy majburiyatlarini buzganlikda ayblab, impichment e’lon qildi. Yun ayni paytda boshqa jinoiy ish bo‘yicha sud jarayonida ishtirok etmoqda va 15 yanvar kuni jinoiy ayblovlar bilan hibsga olingan birinchi amaldagi prezidentga aylandi.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar