AsosiyDunyo

AQSHda tibbiy vertolyot halokatga uchradi

Bortdagi uchuvchi va ikki nafar shifoxona xodimi halok bo‘ldi.

'AQSHda tibbiy vertolyot halokatga uchradi'ning rasmi

Kecha, 10 mart kuni AQSHning Missisipi shtatida tibbiy transport vertolyoti halokatga uchradi, bortdagi uchuvchi va ikki nafar shifoxona xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Missisipi universiteti tibbiyot markazining sog‘liqni saqlash bo‘yicha prorektori doktor LouAnn Vudvord matbuot anjumanida vertolyot soat 12:30 atrofida bemorlarni tashishdan Kolumbusga qaytayotganida Medison okrugida halokatga uchraganini aytdi.

“Butun Tibbiyot markazi oilasi bundan afsusda”, dedi Vudvord.

Universitet bayonotiga ko‘ra, bu AirCare favqulodda xizmatlari ishlagan 29 yil ichida birinchi halokat bo‘lgan. Halokat sabablarini aytilmagan, ammo Federal aviatsiya ma’muriyati va boshqa idoralar tergov olib borayotganini bildirgan.

Uch qurbonning oilalari bu haqda xabardor qilingan, biroq rasmiylar maxfiylikni himoya qilish uchun ismlarni oshkor etmagan.

“Bu Missisipi shtatining birinchi xodimlari bizni xavfsiz saqlash uchun har kuni olib boradigan xavflarning fojiali eslatmasi. Davlatimiz bu qahramonlarning qurbonligini hech qachon unutmaydi”, deydi Missisipi gubernatori Teyt Rivz Facebook'dagi sahifasida.

    Boshqa yangiliklar