AsosiyDunyo

Sankt-Peterburg “Rossiya pochtasi” xodimlari bosqinchiga soxta pullarni tutqazib, polisiya chaqirishdi

Sankt-Peterburg shahridagi “Rossiya pochtasi” bo`limida ishlovchi ayollar, pul talab qilgan bosqinchiga soxta pullarni berib, polisiya chaqirdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

12 dekabr kuni noma`lum erkak Sank-Peterburgning Vasileostrovskiy tumanidagi Shevchenko ko`chasida joylashgan pochta bo`limiga bostirib kirib, uning xodimalarini qo`rqitib, pul talab qildi. Ayollar o`zini yo`qotib qo`ymay, bosqinchiga 10 ming rubl bo`lgan soxta pulni tutqazishdi. Bosqinchi o`ziga kelgunga qadar, “Trevoga” chaqiruv tugmachasini bosishdi. 9 daqiqada etib kelgan polisiyachilar bosqinchining pulni tashlab qochib ketganiga guvoh bo`ldi.

Bosqinchining hujumi oqibatida hech jabrlanmadi, pochta bo`limi ham moddiy zarar ko`rmadi. Jinoyatchiga nisbatan qidiruv e`lon qilindi. Pochta xodimalarining soxta pulni qaerdan olgani haqida hozircha ma`lumotlar yo`q.

Boshqa yangiliklar