AsosiySport

Abduqodir Husanovning xavfsizligiga yetarlicha e’tibor berilmayapti!

"Manchester Siti" muxlislari futbolchining xavfsizligidan xavotirda. Ular O‘FAga e’tirozli xatlar yozmoqda.

'Abduqodir Husanovning xavfsizligiga yetarlicha e’tibor berilmayapti!'ning rasmi

“Manchester Siti” klubi muxlislari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini tanqid qilmoqda. Ular jamoaning Instagram sahifasida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida joylangan post ostida O‘FAga murojaatlar yozib qoldiryapti. 

“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Abduqodir Husanov bilan bog‘liq vaziyatlarda uning xavfsizligiga e’tibor qaratmayapsiz. Shuni unutmangki, Husanovning xavfsizligiga aynan siz javobgarsiz. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolardan ko‘rinib turibdiki, uning atrofini ko‘plab tanigan va tanimagan insonlar o‘rab olgan. Bu futbolchini yaxshigina chalg‘ityapti va asabiylashishiga sabab bo‘lmoqda. Uning xavfsiz va nazorat ostida bo‘lishini ta’minlash sizning burchingiz. Xoh O‘zbekistonda bo‘lsin, xoh terma jamoa bilan xorij safarlariga chiqqanida bo‘lsin, uning xavfsizligiga javobgarsiz. Husanovning bo‘sh vaqtini behuda narsalarga sarflamang. E’tiborini ortiqcha narsalarga chalg‘itmang va futbolchilik faoliyati doimo birinchi o‘rinda bo‘lsin. Sizlarning bunday boshqaruvingiz va e’tiborsizligingizni shunchaki qabul qilib bo‘lmaydi. Ishingizni yaxshiroq bajarishga harakat qiling”, deb yoziladi izohlardan birida.

Ma’lumot o‘rnida, Husanov 17 mart kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida o‘yinlarda ishtirok etish uchun Toshkentga yetib kelgandi. Dastlab, u 20 mart kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘yinda maydonga tushdi. Milliy terma jamoa safidagi navbatdagi o‘yin 25 mart kuni Tehronda Eronga qarshi bo‘ladi. Shuningdek, “Manchester Siti” futbolchining terma jamoa yig‘inidan Manchesterga qaytishi uchun alohida samolyot ham ajratgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Manchester Siti" Foden bilan yangi shartnoma borasida muzokara boshlaydi'ning rasmi

    Sport 21.11.2025 10:20

    "Manchester Siti" Foden bilan yangi shartnoma borasida muzokara boshlaydi

    "Manchester Siti" jamoasi yetakchisi Fil Foden bilan amaldagi shartnomani uzaytirish uchun yaqin kunlarda muzokara boshilishi kutilmogda.

    '“Bu jamoа bilan yo‘lim tugadi”— Islombek Ismoilov U-17 bilan hayrlashdi'ning rasmi

    Sport 19.11.2025 12:54

    “Bu jamoа bilan yo‘lim tugadi”— Islombek Ismoilov U-17 bilan hayrlashdi

    Ismoilov o‘z murojiatida 3 yillik mehnati, jamoa bilan o‘tgan sinov va quvonchlarni eslab o‘tdi.

    'Juda aqlli o‘yinchilarga egaman — Kannavaro'ning rasmi

    Sport 19.11.2025 08:02

    Juda aqlli o‘yinchilarga egaman — Kannavaro

    O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Eronga qarshi finaldan keyin jamoaning o'yini, futbolchilarning mentaliteti va kelgusidagi rejalari haqida gapirdi.

    'O'zbekiston Italiyaga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchradi'ning rasmi

    Sport 18.11.2025 19:51

    O'zbekiston Italiyaga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchradi

    Shu tariqa bosh murabbiy Islom Ismoilov shogirdlarining jahon chempionatidagi ishtiroki yakunlandi.

    'O'zbekiston bugun Eronga qarshi finalda maydonga tushadi'ning rasmi

    Sport 18.11.2025 13:52

    O'zbekiston bugun Eronga qarshi finalda maydonga tushadi

    Cannavaro shogirdlari Al-Aynda xalqaro turnir gʻolibligi uchun kurashadi.

    'Portugaliya Ronaldu diskvalifikatsiyasi bo'yicha FIFA'ga shikoyat kiritmoqchi'ning rasmi

    Sport 17.11.2025 17:30

    Portugaliya Ronaldu diskvalifikatsiyasi bo'yicha FIFA'ga shikoyat kiritmoqchi

    Portugaliya futbol federatsiyasi Kristianu Ronalduning Irlandiyaga qarshi o‘yinda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgani ortidan uning JCh–2026ning ilk o‘yinida maydonga tushishi uchun FIFAga rasmiy murojaat tayyorlamoqda.