Joriy yilning 3-4-5 aprel kunlari Samarqandda birinchi “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti munosabati bilan shaharga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yo‘llar yopilishi sabab viloyat hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilgan.
“Bu uchun maxsus flayer ishlab chiqilgan bo‘lib, undagi QR-kod orqali tashkil etilgan aylanma yo‘llar haqida ma’lumot olish mumkin”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, viloyat IIB shu kunlari Samarqandga borishni rejalashtirganlardan tashriflarini imkon qadar boshqa kunga surishni so‘ragan.
Qo‘shimcha qilinishicha, sammit kunlari xavfsizlikni ta’minlash uchun Samarqand shahrining quyidagi ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi:
- Ibn Sino;
- Afrosiyob;
- Dahbed;
- Bo‘stonsaroy;
- Universitet xiyoboni;
- Namozgoh;
- Sadriddin Ayniy;
- Shabod;
- Usta Umar Jo‘raqulov;
- Registon;
- Beruniy;
- Mirzo Ulug‘bek.
“Ushbu ko‘chalarda, istisno tariqasida, tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar bo‘linmalariga harakatlanishga ruxsat beriladi”, deyiladi xabarda.