AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z boyligini 2024 yildagi $2,3 milliarddan 2025 yilda $5,1 milliardga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Forbes jurnali e’lon qilgan dunyoning eng boy insonlari bo‘yicha 39-reytingida xabar berildi.
Jurnalda yozilishicha, «milliarderlar orasida Donald Trampdan omadliroq yil o‘tkazganlar juda kam». Bu faqat uning yana AQSH prezidenti bo‘lgani uchun emas: Oq uyga qaytishidan avval u kriptovalyutaga juda foydalik investitsiya kiritgan.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Donald Trampning boyligining asosiy qismini ko‘chmas mulk tashkil etadi. Shuningdek, uning golf-klublari, qimmatbaho saroylari, vinodelnyasi va 1991 yilda ishlab chiqarilgan Boeing 757-200 uchog‘i (Trump Force One nomi bilan mashhur) bor.
Jurnal ro‘yxatiga 3 mingdan ortiq kishi kiritilgan, ularning umumiy boyligi rekord darajadagi $16,1 trlnni tashkil etadi. Forbes ta’kidlashicha, tarixda birinchi marta uch kishi $200 milliarddan ortiq boylikka ega bo‘ldi.
Abdulloh Sayyid