AsosiyDunyo

Germaniya AQSHdan oltin zaxirasini qaytarib olmoqchi

Berlin 1200 tonna oltinni Vashingtondan olib chiqmoqchi.

'Germaniya AQSHdan oltin zaxirasini qaytarib olmoqchi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, Germaniya hukumati AQSHdagi 1200 tonna (113 milliard yevroga teng) oltinini mamlakatga qaytarib olishni rejalashtirmoqda. Ushbu qaror, Donald Trampning Yevropa Ittifoqiga savdo bojlari joriy qilishi mumkinligi haqidagi bayonotlari sabab qabul qilindi, deya yozmoqda "Zamon.uz". 

Germaniya rasmiylari bayonotiga ko‘ra, Trampning o‘zgaruvchan tashqi siyosati Berlinni ogohlikka chaqirgan. Endilikda Germaniya Qo‘shma Shtatlarni "ishonchli hamkor" deb hisoblamayotgani ta’kidlanmoqda.

Hozirda Germaniya dunyodagi eng katta oltin zaxirasiga ega ikkinchi davlat sanaladi. Bu zaxiralarning 37 foizi AQSHda, asosan Federal Rezerv tizimining Nyu-Yorkdagi bo‘limida saqlanadi. Ular, zarurat tug‘ilganda, oltinni tezda AQSH dollari yoki boshqa barqaror valyutalarga aylantirish imkonini beruvchi kafolat sifatida xizmat qilgan.

Ammo global siyosiy ishonchsizlik kuchaygani sari, Germaniya o‘z moliyaviy xavfsizligini mustahkamlash maqsadida ushbu oltinni o‘z hududiga olib chiqishga harakat qilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30