AsosiyJamiyat

Parkentdagi hayvonot bog‘ida sherlar hujumiga uchrab, vafot etgan qorovul ishi bo‘yicha sud ishi yakunlandi

Hayvonot bog‘i direktorining ozodligi 3 yilga cheklandi.

'Parkentdagi hayvonot bog‘ida sherlar hujumiga uchrab, vafot etgan qorovul ishi bo‘yicha sud ishi yakunlandi'ning rasmi

Hodisa 2024 yilning 17 dekabrida Parkent tumanidagi xususiy hayvonot bog‘ida sodir bo‘lgan edi. Qafasdan chiqib ketgan 3 ta Afrika sherini joyiga qaytarishga uringan 44 yoshli qorovul ularning hujumiga uchragan va vafot etgan edi.

Holat hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan oradan 4 soat o‘tib ilg‘ab qolingan va 2 ta sher uxlatuvchi dori vositalari qo‘llangan holda katakka qaytarilgan. 1 ta sher esa mahalliy ovchi tomonidan otib o‘ldirilgan.

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi JIB Parkent tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sud hayvonot bog‘i direktorini Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi va unga ushbu moddaga asosan uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Qamoqqa olish ehtiyot chorasi bekor qilinib, u darhol sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

    Boshqa yangiliklar