Xitoy hukumati TikTok'ning AQSHdagi faoliyatini saqlab qolish uchun taklif etilgan sotuv bitimini ma’qullamadi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
Bu qaror AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan yaqinda Xitoy mahsulotlariga nisbatan joriy etilgan yangi bojlar fonida qabul qilingan.
AQSH hukumati TikTok'ni milliy xavfsizlikka tahdid sifatida baholab, kompaniya amerikalik investorlar tomonidan sotib olinmasa, ilovani butunlay taqiqlash mumkinligini bildirgan edi. TikTok'ning egasi — Xitoylik ByteDance kompaniyasi esa algoritmlar va texnologiyalar Xitoy hukumatining eksport nazorati ostida bo‘lgani sababli, bu bitimni amalga oshira olmayapti.
TikTok AQSHda 170 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega.
AQSH hukumati foydalanuvchi ma’lumotlari Xitoy hukumati qo‘liga o‘tishi mumkinligidan xavotirda.