AsosiySport

O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi

Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tayotgan U-17 Osiyo chempionatida 2-tur bahslari yakuniga yetdi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ketma-ket ikki turda ham g‘alaba qozondi.

'O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi'ning rasmi

Saudiya Arabistonida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida 2-tur bahslari yakuniga yetdi.

1-turda Tailandni yirik hisobda yenggan O‘zbekiston bu safar Xitoyga qarshi maydonga tushib, kambek amalga oshirdi — 2:1. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda esa mezbon Saudiya Arabistoni Tailandni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bu natijadan so‘ng O‘zbekiston o‘smirlar milliy jamoasi saudiyaliklar bilan birgalikda Osiyoda birinchilardan bo‘lib JCh yo‘llanmasiga ega chiqdi. Shuningdek, Islom Ismoilov shogirdlari Osiyo kubogining chorakfinaliga chiqish masalasini ham ijobiy hal qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 9 aprel kuni soat 22:15 da Saudiya Arabistoniga qarshi o‘tkazadi.

17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi va 3−27 noyabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan U-17 Jahon chempionatiga saralash turniri hisoblanadi.

Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar musobaqaning chorak finaliga yo‘l oladi va mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bokschilarimiz Jahon kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi'ning rasmi

    Sport 06.04.2025 13:58

    Bokschilarimiz Jahon kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi

    Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi.

    'Bugun Bahodir Jalolov Ostonada bo‘lib o‘tadigan professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi'ning rasmi

    Sport 05.04.2025 09:58

    'Futbol tarixida 13 yil deganda “yangilik” bo‘lishi mumkin'ning rasmi

    Sport 25.03.2025 14:22

    Futbol tarixida 13 yil deganda “yangilik” bo‘lishi mumkin

    Bugun O‘zbekiston Eronga qarshi maydonga tushadi.

    'Abduqodir Husanovning xavfsizligiga yetarlicha e’tibor berilmayapti!'ning rasmi

    Sport 22.03.2025 14:35

    Abduqodir Husanovning xavfsizligiga yetarlicha e’tibor berilmayapti!

    "Manchester Siti" muxlislari futbolchining xavfsizligidan xavotirda. Ular O‘FAga e’tirozli xatlar yozmoqda.

    'Dzyudochilarimiz Tbilisidagi xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi'ning rasmi

    Sport 22.03.2025 10:37

    'Abduqodir Husanov va uning otasi prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi'ning rasmi

    Sport 22.03.2025 07:33

    Abduqodir Husanov va uning otasi prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi

    Uchrashuvda Abduqodir Husanov davlat rahbariga o‘zining dastxati tushirilgan futbol libosini hadya qildi.