AsosiyDunyo

Madridda yarim marafonda qatnashgan ikki kishi vafot etdi

Mazkur marafonda jami 27 ming kishi ishtirok etgan, 50 nafar sportchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

'Madridda yarim marafonda qatnashgan ikki kishi vafot etdi'ning rasmi

6-aprel kuni Madridda o‘tkazilgan yarim marafonda qatnashgan ikki erkak yurak muammolari sababli vafot edi. Bu haqda “Eldiario.es” nashri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlardan biri 35 yoshda bo‘lgan. U marraga 500 metr qolganda yurak xurujiga uchragan. Erkak shifoxonaga yetkazilgan bo‘lsa-da, shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan.

“Ikkinchi marhum 20 yoshda bo‘lib, u ham tezlik bilan shifoxonaga olib kelingan, ammo o‘sha yerda jon bergan”, — deyiladi xabarda.

Yarim marafonda jami 27 ming kishi ishtirok etgan, 50 nafar sportchiga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumot uchun, Madrid yarim marafoni 24 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. 2010-yilda 31 yoshli sportchi poyga marrasini kesib o‘tgach, hushidan ketib vafot etgan. 2005-yilda esa madridlik 24 yoshli yigit poygada ishtirok etayotganda to‘satdan vafot etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30