Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Matbuotchilar ko‘chasidagi 32-uy, ya’ni “Matbuotchilar uyi” go‘yoki jurnalistlarga emas, qandaydir investorga berilgani, egalik huquqi O‘zbekiston Milliy axborot agentligidan (O‘zA) olib qo‘yilgani to‘g‘risida faraz va taxminlardan iborat bo‘lgan va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborotlar tarqalmoqda.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda “Matbuot uyi” bino va inshootlarini sotilishi nazarda tutilmagan va O‘zA mazkur binoni yagona balansda saqlovchisi hisoblanadi.
Shuningdek, “Matbuot uyi” bino va inshootlari hamda unga tutash hududda qisqa muddatlarda zamonaviy “Media shaharcha” tashkil etilib, barcha davriy bosma nashrlarning tahririyatlari mazkur binoga joylashtiriladi.