AsosiyDunyo

AQSH harbiylarini Yevropadan olib chiqishni rejalashtirmoqda

Pentagon Polsha va Ruminiyadagi kuchlarni qisqartirishi mumkin.

'AQSH harbiylarini Yevropadan olib chiqishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Xabarlarga ko‘ra, AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) 2022 yilda Ukraina bilan chegaradosh davlatlarni mudofaa jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuborilgan amerikalik harbiylarning bir qismini ortga chaqirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda zamon uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha davrda Polsha va Ruminiyaga 20 mingga yaqin AQSH harbiy xizmatchilari joylashtirilgan edi. Hozirda bu kuchlarning taxminan yarmi chaqirib olinishi ehtimoli muhokamada.

Yevropalik ayrim rasmiylar esa bu ehtimoliy qaror bo‘yicha xavotirlanmoqda. Ularning fikricha, AQSH kuchlarining qisqarishi Yevropadagi ittifoqchilarni Rossiyaning tobora kuchayib borayotgan harbiy bosimi qarshisida yolg‘iz qoldirishi mumkin.

Mazkur holat yuzasidan Pentagon NBS Nevs jurnalistlarining izoh so‘roviga hozircha javob bermagan.

    Boshqa yangiliklar