AsosiyJamiyat

“Tok” narxi tushadimi?

1-maydan boshlab 500 kVt soatgacha yangi tarif joriy etiladi

'“Tok” narxi tushadimi?'ning rasmi

Joriy yilning 1-mayidan boshlab fuqarolar elektr energiyasiga 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha 900 so‘mdan emas, 800 so‘mdan to‘lov qiladi. Bu haqda energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida” 194-son qarori qabul qilingan.

Davlat rahbarining topshiriqlariga muvofiq ishlab chiqilgan mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga aholi uchun yengillik yaratadigan o‘zgartishlar kiritilgan.

Masalan, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishi muddati 1-apreldan 1-may sanasiga ko‘chirilgan.

Qolaversa, 201 kVt soatdan 1000 kVt soatgacha bo‘lgan differensiallashgan tarif bo‘yicha iste’mol miqdori orasiga yangi miqdor kiritilmoqda.

Ya’ni 2025-yil 1-maydan e’tiboran aholi iste’molchilari 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt soat uchun 800 so‘mdan to‘laydi (shu paytgacha 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo‘lgan qismi uchun 900 so‘mdan haq to‘langan).

Shuningdek, bir oyda o‘rtacha 500 kVt soat miqdorida elektr energiyasi sarflaydigan xonadon vakillari buning uchun 2025-yilning 1-may sanasiga qadar 360 ming so‘m to‘lashardi (200 kVt soat bazaviy norma uchun 90 ming so‘m, 201 kVt soatdan 500 kVt soat uchun 270 ming so‘m).

Tarif o‘zgarishlaridan so‘ng bir oyda o‘rtacha 500 kVt soat tok ishlatadigan xonadon buning uchun... 360 ming so‘m to‘laydi (200 kVt soat bazaviy norma uchun 120 ming so‘m, 201 kVt soatdan 500 kVt soat uchun 240 ming so‘m). Ya’ni ular uchun narx oshayotgani yo‘q.

Bundan tashqari, qaror bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan bir marotaba yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10 foizdan yuqori bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilib borilishi belgilanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.12.2025 21:21

    'O'zbekiston aholisining 35 foizini bolalar tashkil etadi'ning rasmi

    Jamiyat 24.12.2025 19:13

    O'zbekiston aholisining 35 foizini bolalar tashkil etadi

    Shavkat Mirziyoyev “2026–2030 yillarda Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi tarixiy Farmonni imzoladi.

    'Andijonda Instagram'da YPH xodimlarini haqorat qilgan erkak qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 24.12.2025 18:55

    Andijonda Instagram'da YPH xodimlarini haqorat qilgan erkak qamaldi

    Erkak yo'l-patrul xizmati xodimlariga nisbatan haqoratli so'zlar yozib qoldirgan.

    'Yoʻl kameralaridagi maʼlumotlar ochiq emas — IIV rasmiy munosabat bildirdi'ning rasmi

    Jamiyat 24.12.2025 18:25

    Yoʻl kameralaridagi maʼlumotlar ochiq emas — IIV rasmiy munosabat bildirdi

    Ички ишлар вазирлиги Ўзбекистон йўлларида ўрнатилган фото-видео қайд этиш камераларидан олинган маълумотлар интернетда очиқ қолгани ҳақидаги хабарларни рад этди.

    'O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 24.12.2025 16:46

    O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Jizzaxda Damas’dan qariyb 50 ming dona pirotexnika vositası aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.12.2025 16:33

    Jizzaxda Damas’dan qariyb 50 ming dona pirotexnika vositası aniqlandi

    Jizzax shahrida o‘tkazilgan reyd davomida Damas avtomobilida yirik miqdorda noqonuniy pirotexnika vositalari olib ketilayotgani fosh etildi.