AsosiyJinoyat

Bir haftada energiya resurslarini o‘g‘irlash bilan bog‘liq 2700 dan ortiq holat aniqlandi

Tergovga qadar o‘tkazilgan surishtiruvlar asosida 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 263 ta holatda esa ma’muriy choralar belgilangan.

'Bir haftada energiya resurslarini o‘g‘irlash bilan bog‘liq 2700 dan ortiq holat aniqlandi'ning rasmi

1 haftada energiya resurslarini o‘g‘irlash bilan bog‘liq 2700 dan ortiq holat aniqlandi. Bu haqda DXX ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, 2025-yilning 1–7-aprel kunlari Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida reyd tadbirlari o‘tkazilgan. 

Mazkur tadbirlar davomida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2776 ta holat fosh etilgan. Aniqlangan holatlardan 1807 tasi elektr energiyasi, 969 tasi esa tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishga oid bo‘lib, davlatga yetkazilgan umumiy zarar 19,5 milliard so‘mdan oshgan. 

Tergovga qadar o‘tkazilgan surishtiruvlar asosida 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 263 ta holatda esa ma’muriy choralar belgilangan. 

Shu bilan birga, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 6,8 milliard so‘m miqdoridagi zarar davlat foydasiga undirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida 316 million so‘mlik elektr o‘g‘riligi fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 14.04.2025 10:16

    Toshkent viloyatida 316 million so‘mlik elektr o‘g‘riligi fosh etildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Toshkentda YTH ortidan bir kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jinoyat 14.04.2025 07:12

    Toshkentda YTH ortidan bir kishi halok bo‘ldi

    Holat yuzasidan jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Bloger Abdulloh haqoratlari uchun javobgarlikka tortildi'ning rasmi

    Jinoyat 10.04.2025 00:32

    Bloger Abdulloh haqoratlari uchun javobgarlikka tortildi

    Uning tarmoqlardagi chiqishlari jamoatchilikning keskin noroziligini keltirib chiqarib, ko‘plab salbiy muhokamalarga sabab bo‘lgan.

    'Toshkentda yong‘in chiqqan uydan ikki kishi pichoqlangan holatda topildi'ning rasmi

    Jinoyat 09.04.2025 10:45

    Toshkentda yong‘in chiqqan uydan ikki kishi pichoqlangan holatda topildi

    Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini, gumonlanuvchi esa qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

    'Farg‘onada qaryib 700 million so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilindi'ning rasmi

    Jinoyat 09.04.2025 08:59

    Farg‘onada qaryib 700 million so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilindi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Tergovdan keyin vafot etgan fermerning o‘lim sababi aniqlandi'ning rasmi

    Jinoyat 03.04.2025 21:20

    Tergovdan keyin vafot etgan fermerning o‘lim sababi aniqlandi

    U Surxondaryoda o‘ldirilib ketilgan ayol va uning bolasiga oid ish doirasida tergovga jalb qilingan bo‘lgan.