AsosiySport

U-17 Osiyo kubogi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

Gollarga Jamshidbek Rustamov va Asilbek Aliyev mualliflik qilgan.

'U-17 Osiyo kubogi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi'ning rasmi

Kecha, 9-aprel kuni Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi U-17 Osiyo kubogi guruh bosqichi 3-turida Saudiya Arabistoni ustidan g‘alaba qozondi.

Islom Ismoilov har shogirdlar o‘yindagi har uch golini 2-taymda kiritdi. Jamshidbek Rustamovning dubli va Asilbek Aliyevning goli O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini guruhda 1-o‘rin bilan chorak finalga chiqishini ta’minladi.

O‘yin davomida Saudiya Arabistoni penaltidan ham foydalana olmadi.

Shunday qilib, o‘zbekistonlik futbolchilar 3 ta o‘yinda 3 ta g‘alaba qayd etib, 9 ochko bilan chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

O‘zbekistonlik futbolchilar pley-off bosqichida “B” guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan kuch sinashadi. Hozircha Birlashgan Arab Amirliklari jamoasi “B” kvartetida 2-o‘rinni band etib turibdi.

    Boshqa yangiliklar