Qo‘shma shtatlar yetakchisi Donald Tramp Xitoy tovarlariga tariflarni 104 foizdan 125 foizga oshirdi. Bu haqda u “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
“Xitoyning jahon bozorlarini hurmat qilmasligidan kelib chiqib, men Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan Xitoydan undiriladigan bojni zudlik bilan 125 foizga ko‘taraman”, — deydi Tramp
Shuningdek, AQSh rahbari Pekin yaqin kelajakda “Qo‘shma Shtatlar va boshqa mamlakatlarni talon-toroj qilish” davri tugaganini tushunishiga umid bildirgan.
AQSH muzokaralar uchun murojaat qilgan 75 mamlakat uchun bojlarni 90 kunga kechiktirmoqda. Bu davrda 10 foizlik stavka qo‘llanadi.