AsosiyJamiyat

Toshkentda podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in 14 daqiqada o‘chirilgan.

'Toshkentda podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi podstansiyada yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda poytaxt FVB xabar qildi.

Hodisa 11 aprel kuni soat 13:20 da Mavlono Riyoziy ko‘chasida joylashgan podstansiyada sodir bo‘lgan. Qutqaruv ekipajlari manzilga soat 13:27 da yetib borib, yong‘in soat 13:41 da o‘chirilgan.

Aniqlanishicha, podstansiya hududidagi transformator kabellari yonib zararlan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar