AsosiyJamiyat

Toshkentda metropoliten xodimidan pul undirib yurgan shaxs qo‘lga olindi

Avval ham o‘g‘rilik bilan sudlangan shaxs zo‘ravonlik yo‘li bilan qo‘rqitib, 500 ming so‘m pul talab qilganligi aniqlandi.

'Toshkentda metropoliten xodimidan pul undirib yurgan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

Toshkentda metropoliten xodimini qo‘rqitib, undan pul undirib yurgan shaxs qo‘lga olindi.  Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Rejim tartibini ta’minlash” xizmati xodimlari tomonidan fuqaro M.A. metroning “Qo‘yliq” bekati navbatchisi A.A. ning shaxsiy hayotiga tahdid qilib, zo‘ravonlik yo‘li bilan uni qo‘rqitib undan 500 ming so‘m pulni talab qilganligi to‘g‘risida ma’lumot olingan.

Natijada, 2025 yil 10 aprel kuni IIV Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan “Toshkent metropoliteni” DUK “Rejim tartibini ta’minlash” xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda fuqaro M.A. metropolitenning “Harakat” xizmati bekat navbatchisi A.A. dan “Qo‘yliq” metro bekatida tovlamachilik yo‘li bilan navbatdagi 500 000 ming so‘m pulni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, mazkur fuqaro avval ham JKining 166-modda (talonchilik) va 169-moddalari (o‘g‘irlik) bilan sudlangan.

Hozirda, M.A. huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda hibsga olingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:08

    Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi

    Ekologiya qoʻmitasi ifloslanishga qarshi kurashni kuchayitirmoqda. Poytaxt havosi 24/7 nazorat tizimiga oʻtdi.

    'Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

    2026 yil 1 martdan boshlab vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng, uning eri yoki xotini, ota-onasi, farzandlarining my.gov.uzʼdagı shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02