FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, bugun 13 aprel kuni Tojikistonda 7 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishi O‘zbekiston hududida ham sezildi.
Zilzila Toshkentdan 266 km uzoqlikda, janubiy-sharqda sodir bo‘lgan.
Epitsentr: Tog‘li Badaxshon, Tojikiston.
Zilzila koordinatalari: 39,16 N, 70,71 E
Magnituda M=5,8.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Farg‘ona viloyati — 3 ball, 164 km.
Namangan viloyati — 2-3 ball, 220 km.
Sirdaryo viloyati — 2-3 ball, 222 km.
Andijon viloyati — 2-3 ball, 227 km.
Jizzax viloyati — 2 ball, 266 km.
Toshkent shahrida — 2 ball, 266 km.
Samarqand viloyati — 2 ball, 327 km.
Surxondaryo viloyati — 2 ball, 367 km.
Toshkent shahrida — 2 ball, 19 km.