AsosiyJamiyat

Toshkentda raqamsiz "Spark" haydovchisi YPX xodimlaridan qochdi

Mashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

'Toshkentda raqamsiz "Spark" haydovchisi YPX xodimlaridan qochdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimlari yosh yigitni kuch bilan xizmat mashinasiga o‘tirg‘izayotgani aks etgan video tarqaldi, kadrlarda xodimlardan biri fuqaroning boshiga urgani ko‘ringan.

Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, holat 11 aprel kuni soat 23:50 larda Toshkent shahrida ro‘y bergan.

O‘sha kuni YPX xodimlari davlat raqam belgisisiz, noqonuniy ravishda "migalka" o‘rnatib, ularni yoqib olgan Spark avtomashinasiga to‘xtash ishorasini bergan. 

Haydovchi xodimlarning ko‘rsatmasiga amal qilmasdan, harakatini davom ettirgan. U bir necha bor svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmay harakatlanib, o‘zining va boshqalarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati e’lon qilgan videoda esa YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan haydovchi ogohlantirishga qaramay, transport vositasidan tushmagani, natijada uning boshqaruvidagi Spark avtomashinasining old oynasi inspektorlar tomonidan sindirilganini ko‘rish mumkin.

Hozirda haydovchining javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, YPX xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Avtomashina esa jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar