Joriy yilning 13-aprel kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida “HOWO”rusumli yuk mashinasi piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea tungi soat 22:00 larda Bektemir tumani Xonabod ko‘chasida yuz bergan. Shu ko‘cha bo‘ylab harakatlanib kelayotgan HOWO rusumli yuk avtomashinasi yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 1969-yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.