Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi vakillari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “HHuman Capability Initiative 2025” xalqaro forumida ishtirok etdi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida mazkur nufuzli tadbirga taklif etilgan yagona davlat.
Forumning ilk kunidayoq, O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi.
Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti Muhammad al-Jassar bilan uchrashuvda ITB kelajak avlod uchun yaxshiroq ta’lim imkoniyatlari yaratishda O‘zbekiston hukumatining ishonchli hamkori bo‘lishdan mamnunligini qayd etgan.
Loyihaning asosiy yo‘nalishlari esa quyidagicha:
- respublikamiz bo‘yicha 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi;
- maktablarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash;
- o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha dasturlar;
- inklyuziv ta’limni rivojlantirish;
- o‘quv dasturlarini takomillashtirish;
- maktabgacha ta’lim sifatini oshirish.