AsosiyJamiyat

Leapmotor sotuvi qayta tiklandi

Mart oyida “Leapmotor C16” avtomobillarida aniqlangan nomuvofiqliklar sababli sertifikatlash jarayoni vaqtincha to‘xtatilgan edi.

'Leapmotor sotuvi qayta tiklandi'ning rasmi

7 aprel kuni Xitoy kompaniyasi vakillari “O‘zTest”ga tashrif buyurib, muammo muhokama qilindi. 14 aprel kuni 2 ta C16 avtomobili qayta sinovdan o‘tkazildi va BMTning 10-son qoidasiga muvofiq deb topildi. Bu haqda "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" Matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan so‘ng “Leapmotor” kompaniyasiga shartli ravishda respublikada ushbu avto vositalarni muomalaga chiqarishga ruxsat berildi.

Shartlar quyidagilardan iborat:

➖ Kamchiliklar aniqlansa, ularni bartaraf etish va zararni qoplash uchun O‘zbekistondagi rasmiy vakilni belgilash;

➖ Turini ma’qullash uchun zarur hujjatlarni taqdim etish;

➖ Ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish va baholash majburiyatini olish.

    Boshqa yangiliklar