Rossiya Ukrainaning Sumа shahriga qilgan hujumi ortidan 35 nafar ukrainalik halok bo‘ldi. Bu haqda “DW” nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar orasida 11 va 17 yoshli o‘smirlar ham bor. Bundan tashqari, hujum oqibatida kamida 117 kishi jarohatlangan. Ukraina Favqulodda vaziyatlar vazirligining bildirishicha, jarohatlanganlar 119 nafarni tashkil etadi.
“Rossiyaning hujumi tinch aholiga tegishli obyektga qaratilgan. Shu bilan birga, raketa hujumining asl nishoni hududiy mudofaa bo‘linmalaridan birining yig‘ilishiga qaratilgan”,— deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 13-aprel kuni Rossiya tomonidan Ukrainaning Sumi shahriga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan edi. Shulardan 83 nafari esa turli darajadagi tan jarohati olgan.