AsosiyDunyo

Tramp Ukraina yer osti boyliklari bo‘yicha Zeleiskiy bilan kelishuv imzolamoqchi

Tramp buni 2025-yilning 17-aprel kuni Oq uyda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuvida aytgan.

'Tramp Ukraina yer osti boyliklari bo‘yicha Zeleiskiy bilan kelishuv imzolamoqchi'ning rasmi

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Ukrainaga oid foydali qazilmalar bo‘yicha mamlakat yetakchisi bilan bitim imzolashi mumkinligini aytdi. Bu haqda “DW” nashri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Tramp buni 2025-yilning 17-aprel kuni Oq uyda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuvida aytgan. Shuningdek, AQSh yetakchisi mazkur bitim 24-aprel kuni imzolanishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Shuningdek, uchrashuvda qatnashgan AQSH moliya vaziri Skott Bessent esa, bitim tafsilotlari hali muhokama qilinayotganini aytib, imzolanishi mumkin bo‘lgan sanani 26-aprel deb aytmoqda.

Bundan tashqari, Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko ham Kiyev va Vashington o‘rtasida kamyob yer elementlari va boshqa foydali qazilmalar bo‘yicha “bitim tuzish niyati borligini tasdiqlovchi memorandum” imzolanganini ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, kelgusida bitim matnini yakunlash, uni imzolash va Ukraina hamda AQSH parlamentlarida ratifikatsiya qilish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar