AsosiyJamiyat

Investorlar rivojlangan davlatlar standartlarini tan olmaydigan O‘zbekistondagi eskirgan laboratoriyalardan norozi

Prezidentimiz sertifikatlashtirish tizimidagi ayrim muammolarni sanab, ularning yechimlarini aytdi.

'Investorlar rivojlangan davlatlar standartlarini tan olmaydigan O‘zbekistondagi eskirgan laboratoriyalardan norozi'ning rasmi

Xususan, investorlar mamlakatimizdagi ko‘p laboratoriyalar talabga javob bermasligi, rivojlangan davlatlar standartlari esa tan olinmayotganini aytmoqda.

Hozirgi tizimda sertifikatlash organlari bir paytning o‘zida bozor nazoratini ham olib borayotgani, bu esa manfaatlar to‘qnashuviga olib kelayotgani qayd etildi.

Prezidentimiz sertifikatlashtirish tizimidagi ayrim muammolarni sanab, ularning yechimlarini aytdi.

Ta’kidlanganidek, sut va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zining mahsulotiga Sanepidqo‘m xulosasini olish tizimidan norozi.

Masalan, yiliga 100 million dollarlik bolalar ozuqasi import bo‘lmoqda. Lekin zamonaviy uskuna keltirib, zavod qurgan tadbirkor Sanepidqo‘m xulosasi yo‘qligi uchun ishlab chiqarishni boshlay olmayapti. Xulosa berish uchun esa standart yo‘q.

Qo‘mita rahbariyati “bu mahsulotga bizda standart yo‘q”, deb kutib o‘tirmasdan, o‘zi tashabbus qilib, tadbirkor bilan birga standart ishlab chiqmayotgani tanqid qilindi.

Ayrim tuman sanepidxizmatlari haligacha tadbirkordan bitta mahsulotning har xil qadoqlangan partiyasini alohida sinovdan o‘tkazishni talab qilmoqda. Bu qo‘shimcha vaqt, qo‘shimcha xarajat talab qiladi.

Bir vaqtda tayyorlangan mahsulotning har xil hajmda qadoqlanishi sifatga naqadar aloqador ekani savol uyg‘otadi.

Shuningdek, mineral suv ishlab chiqaruvchilar 45 ta ko‘rsatkich bo‘yicha xulosa olishi kerak. Tadbirkorlar shuning 43 tasi uchun Sanepidqo‘m tizimidagi laboratoriyalarga, qolgan 2 tasi bo‘yicha boshqa laboratoriyaga bormoqda.

Qo‘mitaga hamma tekshiruvni bitta joyda tashkil qilish topshirildi. 

    Boshqa yangiliklar